Andrey Shipilov: Natija o‘yinga mos bo‘ldi

  • 29.06.2019 08:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Kecha Superliganing 13-turi doirasida bo‘lib o‘tgan AGMK – “Metallurg” (1:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Mazkur uchrashuv oldidan har ikkala jamoaning musobaqa jadvalida egallab turgan o‘rni havas qilarlik darajada emasdi. Shu boisdan ham o‘yin juda printsipial xarakterga ega edi. Birinchi taymni biz juda yaxshi o‘tkazdik. To‘p nazoratida ustunlikka ega bo‘ldik. Jamoa etakchisi Server Jeparov juda chiroyli gol kiritdi. Birinchi bo‘limni boy bergan mezbonlarning bosimni oshirishi kutilgan hol edi. Olmaliqliklarda taym boshidayoq hisobni tenglashtirish uchun qulay vaziyat bo‘ldi. Bizning himoyachilarimiz bosim tufayli o‘z darvozamizga penalti olib kelishdi. Aleksandr Lobanov ajoyib seyvi bilan bu vaziyatda jamoamizni goldan qutqardi. Lekin maydon egalari yana to‘rt beshta gollik vaziyatlarga ega bo‘lib, ulardan bittasidan foydalanishdi. Durang natija o‘yinga mos bo‘ldi", - deydi mutaxassis

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Husniddin.Shoniyozov
29/06/2019 12:06
Yaxshi o'yin boldi