Andrey Shipilov: O‘z uyimizda anchadan buyon g‘alaba qozona olmayotgandik. Oxirgi marta “Navbahor”ni yutgandik

  • 24 noyabr, 2019, 01:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 24-turida "Metallurg" o‘z maydonida "Dinamo"ni 5:0 hisobida tor-mor etdi. Bellashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov uchrashuv borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

 - FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffus futbolchilarning holatiga ta’sir qilishidan cho‘chigandik. Hujum chizig‘imizda o‘yinimiz qovushmadi. Birinchi bo‘limda shubhamiz to‘g‘ri chiqdi. Mehmonlar esa juda aqlli himoyalanishdi. Tanaffusda shogirdlarimdan to‘pni ushlab turmasdan, tezroq oldingi chiziqqa etkazib berishlarini so‘radim. O‘yinchilarni ham to‘g‘ri almashtirdik deb o‘ylayman. Toshqo‘ziev hamda Abdullaevning maydonga tushirilishi o‘yin taqdirini hal etdi. Har ikkalasi gol urishdi va kiritilgan gollarda bevosita ishtirok etishdi. O‘z uyimizda anchadan buyon g‘alaba qozona olmay kelayotgandik. Asosan safar uchrashuvlarida ochko jamg‘ardik. Oxirgi marta uyda “Navbahor”ni yutgan edik. Bugun futbolchilar o‘ylaymanki, sermahsullik va chiroyli kombinatsiyalar bilan muxlislarimizni xursand etishdi.

Oldinda ikkita qiyin o‘yin turibdi. Bugungi g‘alaba futbolchilarimizning ruhiyatiga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi deb umid qilaman. Mavsumni yuqori tonda yakunlashni xoxlaymiz. “Jo‘jani kuzda sanaydi” deb bejiz aytishmagan. Ayni paytda barcha jamoalar qimmatli ochkolar “iziga tushishgan”. Bugungi g‘alaba bilan shogirdlarimni, muxlislarimizni tabriklayman. “Dinamo”ga esa keyingi o‘yinlarda muvaffaqiyat tilayman, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!