Andrey Shipilov: “Paxtakor” xatolarni kechirmaydi

  • 14.03.2020 22:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol

"Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvidan keyin “Metallurg” jamoasi bosh murabbiyi o‘yin haqidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Biz dastlabki ikki turni mag‘lubiyatsiz o‘tkazgandik. Bugun ham dastlabki o‘ttiz daqiqa mobaynida munosib qarshilik ko‘rsatdik. “Paxtakor”ni yaxshi o‘rgangandik. Butun hafta mobaynida shogirdlarimga raqibning har bitta o‘yinchisi haqida batafsil ma’lumotlar berib bordik. Ularni ham jismonan, ham ruhan tayyorladik. Ammo qandaydir ikki daqiqa ichida himoya chizig‘ida yuzaga kelgan ikkita qo‘pol xatoga barcha urinishlarimizni chippakka chiqardi.“Paxtakor”dek shakllangan jamoa bunday xatolarni kechirmaydi.

Bugungi o‘yinda shogirdlarimdan kimlarnidir tanqib ostiga olish niyatim yo‘q. Ikkinchi taymda javob golini kiritdik. O‘yinga qaytgandek bo‘ldik. Ammo yirik mag‘lubiyatdan qochib qutilolmadik. Nima ham derdim. Ishlashda davom etamiz. Xato va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘lini qidiramiz. “Paxtakor”ni esa g‘alaba bilan tabriklayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
15/03/2020 10:33
АКА УКУГА КАРШИ ЯХШИ ЦИРК БУЛДИ ХИСОБ ХАМ
Оригинал Техника IES
14/03/2020 23:13
Андрей ты мужик. Тан олиш хам мардни иши. А так металлург хам подаркамас. Камида 5таликка киришга лойик.