Andrey Sidorov ramziy terma jamoadan o‘rin oldi (video)

5 va 8 aprel kunlari Tojikiston Oliy ligasida 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mahalliy "Varzish" telekanali esa tur ramziy jamoasini e’lon qildi.

E’tiborlisi, undan "Xo‘jand" klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Andrey Sidorov ham o‘rin oldi. Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi "TsSKA-Pomir" jamoasiga qarshi (3:1) bahsda bitta to‘p kiritib, yana bitta golga assistentlik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!