Angliya bosh murabbiyi Messini to‘xtatish haqida gapirdi

  • 15.07.2026 14:03
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCh-2026 yarim finali oldidan Argentina hujumchisi Lionel Messiga qarshi o‘yin rejasi haqida fikr bildirdi.

 

«Juda yaxshi tushunamizki, uni butunlay to‘xtatib qo‘ya olmaymiz, har daqiqada va yuz foizga nazorat qilishning iloji yo‘q. U Xolanddan mutlaqo boshqa o‘yinchi. Biroq biz [Norvegiyaga qarshi] o‘yinni o‘z uslubimizda juda yaxshi o‘tkazdik – Erlingga qarshi shunday o‘ynash kerak edi, deb o‘ylayman. Shu bois, Messiga qarshi ham o‘z yo‘limizni topamiz.

Menimcha, bu – mening jamoam birinchi marta unga qarshi o‘ynashi. U har safar turlicha yo‘l topib, vaziyatdan chiqib ketishi haqiqatan ham hayratlanarli. U doim bo‘sh zonalarni topadi, imkoniyatlar yaratadi. Eng muhimi – butun jamoa uning fikrlarini, g‘oyalarini qabul qiladi, deb o‘ylayman. Ular uni qo‘llab-quvvatlash, yordam berish g‘oyasi atrofida birlashgan. U o‘yinga faol qo‘shiladigan, natijani o‘zgartira oladigan onlar uchun hammasi tayyor turadi. Albatta, biz shu narsaga tayyorgarlik ko‘ramiz.

«Bunga oldindan to‘liq tayyorgarlik ko‘rish, aniq formula topish va faqat unga juda qattiq e’tibor qaratish mumkinmi? Yo‘q. Lekin bizga jasur bo‘lish kerak, u bilan o‘ynayotganda ham jasur bo‘lish lozim. Uni jamoadoshlarining qo‘llab-quvvatlashidan uzish, unga berilgan yordamni cheklash kerak. U to‘p bilan bo‘lgan har bir harakatini diqqat bilan kuzatishimiz shart», – dedi Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!