Angliya FIFA kunlari uchun qaydnomasini e’lon qildi. Tuxel anchadan beri maydonga tushmagan yulduz va 35 yoshli darvozabonni terma jamoaga chaqirdi

  • 20.03.2026 18:05
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya terma jamoasining mart oyidagi yig‘ini uchun tarkibi e’lon qilindi. "Uch sherlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel quyidagi futbolchilarni chaqirishga qaror qildi:

Din Henderson, Pikford, Remsdeyl, Stil, Trafford Bern, Gexi, Xoll, Konsa, Livramento, Maguayr,O'Rayli, Kuansa, Spens, Stounz, Tomori Anderson, Bellingem, Garner, Jordaan Henderson, Maynu, Palmer, Rays, Rojers, Uorton Bouen, Kalvert-Lyuin, Eze, Foden, Gordon, Keyn, Maduweke, Reshford, Saka, Solanke.

Ko‘rib turganingizdek, ro‘yxatda Jud Bellingem ham bor, garchi u anchadan beri jarohati tufayli o‘ynamagan bo‘lsa-da. Ammo "Brayton"ning 35 yoshli darvozaboni Jeyson Stilning chaqirilishi yanada hayratlanarli, u bu mavsumda faqat Angliya kubogi va Liga kubogida o‘ynadi.

Angliya terma jamoasi shu oyda Urugvay (27 mart) va Yaponiya (31 mart) qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi.

HD1-UuCXkAAKufw?format=jpg&name=small

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!