Mauritsio Sarri: Angliya futbolini sog‘inyapman

  • 19.04.2020 00:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Yuventus» klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Angliya premer-ligasini sog‘inayotganini aytib o‘tdi. Xabaringiz bor, italiyalik mutaxassis o‘tgan mavsumda Londonning «Chelsi» klubini boshqargandi.

- Yoshlar Angliyada nisbatan ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishini his qilyapman va bu faqat futboldagina emas. Men hech qachon u erda yashamagan bo‘lardim. Angliyada istiqomat qilayotgan italiyalik ayrim insonlarning buni qanday uddalayotganini tushunmayman.

Ammo futbolga kelsak, bu erda vaziyat boshqacha. Angliya premer-ligasini sog‘inyapman. Bu turnir noodatiy texnik daraja va aqlbovar qilmas muhitga ega», - dedi Sarri «Football Italia» nashriga bergan bayonotida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!