Angliya klubi 17 yoshli vunderkind uchun 90 million evrodan voz kechadi

  • 05.02.2026 12:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliga chempioni “Bavariya” klubining 17 yoshli yarim himoyachisi Lenart Karl faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

TEAMtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, yosh iste’dodni qo‘lga kiritishga Londonning “Arsenal” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Myunxen jamoasi futbolchisini 90 million yevro atrofida baholayapti. Manbaning ta’kidlashicha, “kanonirlar” so‘ralgan summani to‘lashga tayyor.

Lenart Karl “Bavariya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Karl barcha musobaqalarda 29 o‘yinda qatnashib, 7 gol urgan va 3 golli uzatma bergan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Karlnig bugungi kundagi bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!