Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Angliya klubi bahaybat darvozabon sotib oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jamoa endi gol o‘tkazmaydi

Premier-ligaga qaytgan “Ipsvich” klubi  Belgiya ning “Yunion” jamoasi darvozaboni Kjell Sherpen bilan shartnoma imzolaganini rasm an e’lon qildi.

Transfer qiymati 11 million funt sterlingni tashkil etdi.

Bo‘yi hayratlanarli darajada – 206 santimetr bo‘lgan Sherpen “Ipsvich” bilan 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzdi.

26 yoshli niderlandiyalik darvozabon “Yunion” safida atigi bir mavsum o‘ynadi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, jamoasi bilan Belgiya kubogini qo‘lga kiritdi.

Faoliyati davomida u bir necha mavsum Angliyaning “Brayton” klubiga tegishli bo‘lgan, ammo asosiy jamoada o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lmagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q