Angliya klubi "Barsa" futbolchisini olish bo‘yicha muzokara qilyapti

  • 13.07.2026 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Sanderlend» yozgi transfer oynasida «Barselona» vingeri Runi Bardjini oʻz safiga qoʻshib olish boʻyicha muzokara olib bormoqda, deb xabar bermoqda TEAMtalk.

Manbalarga koʻra, «Barselona» 20 yoshli futbolchi bilan yoʻllarini ajratish qarorini qabul qilganidan soʻng, Bardjining vakillari «Sanderlend» rahbariyati bilan aloqaga chiqqan.

Avvalroq kataloniyaliklar Bardjini kelasi mavsumga ijaraga joʻnatishni rejalashtirayotgani aytilgan edi. Maydonga kam tushayotganiga qaramay, klub uning oʻsishini qayd etmoqda va muntazam oʻyin amaliyoti futbolchi uchun juda muhim ekanini tushunadi. Shu bois vinger koʻproq oʻynay oladigan jamoa izlashga tayyor.

Oʻtgan mavsumda Runi Bardji barcha musobaqalar doirasida 28 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, Bardjining bozor qiymati 15 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!