Angliya klubi bosh murabbiy bilan xayrlashishga bir necha oy tayyorgarlik ko‘rdi
“Nyukasl”ning sport direktori Ross Uilson klub bosh murabbiy Eddi Xauning isteʼfosiga “bir necha oy” davomida tayyorgarlik ko‘rganini tan oldi.
Iyul oyining oxirida Xau bilan ajrashishini eʼlon qilgan “Nyukasl” oradan bir necha kun o‘tib, uning o‘rniga Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasidan taklif etilgan Mattias Yayssleni tayinladi.
Uilsonning so‘zlariga ko‘ra, Xauning ketish qarori “Nyukasl” uchun kutilmagan holat bo‘lmagan va klub bu istalmagan stsenariyga tayyor edi.
- Albatta, buning qachon sodir bo‘lishini biz tanlamadik. Ammo bunga juda tez munosabat bildira olganimizning sababi — biz bir necha oy davomida bunga tayyorgarlik ko‘rgan edik.
Eddi nihoyatda iqtidorli murabbiy va bu uning maʼlum bir bosqichda boshqa ish bilan shug‘ullanishi ehtimolini anglatardi. Biz bunga tayyor bo‘lishimiz kerak edi, — deya Uilsonning so‘zlarini keltiradi The Independent.

Fikrlar