Angliya klubi hamma unutib yuborgan hujumchini olib kelmoqchi
“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Antoni Marsyal hozirda erkin agent maqomida yuribdi va “Everton”ga qo‘shilishi mumkin. Bu haqida talkSPORT xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklarning Marsyalga qiziqishi jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish zarurati bilan bog‘liq.
Liverpul klubi o‘tgan yozda “Monako”dan Folarin Balogunni sotib ololmadi. Marsyal esa hozir “Everton”ga o‘tishi mumkin, chunki u erkin agent hisoblanadi.
Marsyal “Lyon” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, avval Fransiyaning “Monako”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Ispaniyaning “Sevilya”, Gretsiyaning AEK va Meksikaning “Monterrey” klublarida ham o‘ynagan.
Transfermarkt sayti ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari eng qimmat o‘yinchilardan hisoblangan fransuz futbolchisining hozirgi bozor qiymati 3,5 million yevroni tashkil qiladi.
“Manchester Yunayted” tarkibida Marsyal Angliya kubogi, ikkita Liga kubogi, mamlakat Superkubogi va Yevropa ligasida g‘olib chiqqan. Fransiya terma jamoasi bilan futbolchi Millatlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar