Angliya klubi oʻziga ideal himoyachi topdi
A Seriyada yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Milan” jamoasi himoyachisi Straxinya Pavlovich faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.
Topskills Sports UK nashri ma'lumotiga ko‘ra, serbiyalik futbolchini “Chelsi” sotib olishga qiziqmoqda. London klubi yozda futbolchi transferi bo‘yicha rasmiy taklif kiritishga tayyor.
Ushbu transferdan londonliklarning umidi katta. Ular serbiyalik futbolchini jamoa uchun ideal himoyachi, deb hisoblaydi.
Straxinya Pavlovich 2024 yilda “RB Zaltsburg”dan 18 million yevro evaziga “Milan”ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning bu klub bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Joriy mavsumda himoyachi “Milan”klubi safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar