Angliya klubi “Real” va “Yuventus” yulduzlarini chaqiryapti

  • 19.11.2025 12:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasi vakili “Tottenxem” tarkibini kuchaytirish uchun Evropa futbolining yosh, lekin ancha mashhur o‘yinchilarini olib kelishni rejalashtirgan.

TEAMtalk nashrining ma’lum qilishicha, londonliklar “Real”dan Rodrigo Goesni va “Yuventus”dan Kenan Yildizni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qlgan.

Eng qizig‘i, “Tottenxem” xo‘jayinlari bu ikki katta transferni yanvarda amalga oshirmoqchi.

Manbaga ko‘ra, “shporlar” Madriddagi braziliyalik legionerni olib kelish uchun “Manchester Siti” va “Liverpul” bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Turkiyalik Kenan Yildiz xaridorlari qatorida “Arsenal” va “Chelsi” ham bor. Har ikki o‘yinchi qimmatbaho yulduzlar sirasiga kiradi va ularni olish katta miqdordagi xarajatlarni talab qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!