Angliya klubi Ryudigerni nishonga oldi

  • 16.10.2026 15:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger yozda Angliya premer-ligasiga qaytishi ehtimoli bor. Uning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi yakunlanmoqda.

Football Insider nashrining yozishicha, futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan klublardan biri — «Tottenxem». London jamoasi Ryudigerni sotib olish imkoniyatini hali ham ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, insayderlar ma’lumotiga ko‘ra, hozircha eng real variant sifatida futbolchining Saudiya Arabistoni chempionatiga yo‘l olishi ko‘rilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Antonio Ryudiger avval ham APLda to‘p surgan. Nemis himoyachisi bir necha mavsum davomida «Chelsi» sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!