Angliya klubi yulduziga narx belgiladi

  • 23.09.2026 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted»  klubi «Everton» himoyachisi Jarrad Brantueytni xarid qilish uchun 80 million funt to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

«Manchester Yunayted» Brantueytga anchadan beri qiziqib keladi. 2024 yil yozida ham «qizil iblislar» Jarrad uchun 50 million funt taklif qilgan, ammo «Everton» bu taklifni rad etgan.

Harri Maguayr va Lisandro Martinesning shartnomalari mavsum oxirida yakunlanishi, Matteys de Ligtning esa sog‘ligi bilan bog‘liq muammolari davom etayotgani «Manchester Yunayted»ni kelasi yozda markaziy himoyachi qidirishga undamoqda. Shu bois klub Brantueyt bo‘yicha yana bir bor murojaat qilishi kutilmoqda.

Biroq Brantueytning «Everton» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. TEAMtalk xabar berishicha, faqat 80 million funtlik taklif «Everton»ni 24 yoshli angliyalik himoyachini sotishga ko‘ndirishi mumkin.

Brantueyt o‘tgan mavsumning katta qismini jarohati sabab o‘tkazib yubordi. Agar Jarrad yangi mavsumni boshlagan darajadagi o‘yinni davom ettirsa, «Manchester Yunayted» uni qo‘lga kiritish uchun boshqa klublar bilan jiddiy raqobatlashishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!