
Angliya kubogi final. "Chelsi" - MYu. Taxminiy tarkiblar
Bugun Londondagi muxtasham "Uembli" stadionida Angliya kubogi final bahsi bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni "Chelsi" va "Manchester Yunayted" jamoalari bosh sovrinni qo‘lga kiritib, mavsumni g‘olib sifatida yakunlashga urinib ko‘rishadi. Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechishi kutilayotgan ushbu uchrashuv oldidan har ikkala jamaoning asosiy tarkibida maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning taxminiy tarkibini tuzib chiqdik.
"Chelsi" – "Manchester Yunayted"
Stadion: "Uembli" (London)
Boshlanish vaqti: 21:15
Arbitr: Maykl Oliver (Angliya)
“Chelsi”: Kurtua, Aspilikueta, Keyxill, Ryudiger, Kante, Fabregas, Mozes, Alonso, Villian, Azar, Morata.
“Manchester Yunayted”: De Xea, Bayi, Smolling, Djons, Matich, Pogba, Valensiya, Yang, Lingard, Sanches, Lukaku.
Fikrlar