Angliya Liga Kubogi. “Arsenal” yarim finalning ilk bahsida “Chelsi”dan ustun keldi
Angliya Liga Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan “Chelsi” va “Arsenal” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Yarim finalning ilk bellashuvida Arteta shogirdlari “aristakrotlar” maydoniga safar qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qo‘zondi.
Dastlab uchrashuvning 7-daqiqasida “to‘pchilar” himoyachisi Ben Uayt hisobni ochgan bo‘lsa, 49-daqiqada D’yo’keresh farqni ikkita oshirib qo‘ydi. Mezbonlar futbolchisi Garnacho 57-daqiqada gol kiritib, hisobni qisqartirishga erishdi. Subimendi 71-daqiqada “Arsenal”ning uchinchi goliga mualliflik qildi. Bahsning ohirida Garnacho dublni rasmiylashtirdi. Lekin bu gol jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolishga yetmadi.
Yarim finalning javob uchrashuvi 4 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da start oladi.
- Angliya - Karabao Kubogi
- Yarim finallar
Chelsi
- Alejandro Garnacho 57'
- Alejandro Garnacho 83'
15.01.2026 01:00
Arsenal
- Ben White 7'
- Viktor Gyökeres 49'
- Martín Zubimendi 71'
Fikrlar