
Angliya premer-ligasi. 9 ta gol urilgan, Xoland va Foden xet-trik qilgan bahsda "Siti" MYuni tor-mor keltirdi
APL 9-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" - MYu uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar yirik 6:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Maydon egalari tarkibida Xoland va Foden 3 martadan o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlarning uch goli Antoni va Marsyal (dubl) nomiga qayd etildi.
Ochkolari soni 20 taga etgan Gvardiola shogirdlari onlayn turnir jadvalida 2-o‘rinni saqlab qoldi. 12 ochkosi bor "Manchester Yunayted" 6-pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar