
Angliya terma jamoasi murabbiyi: "Milliy jamoani boshqarishda davom etishim vaqt masalasi"
Li Karsli Angliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlashda davom etishi haqida gapirdi.
"Men bu haqda ko‘p o‘ylamaganman. Asl maqsadim oltita o‘yin o‘tkazish edi va bunga erishganimdan mamnunman. Bu menga berilgan imtiyozli pozitsiya edi.
Millat jamoasida ishlash menda katta faxr tuyg‘usini uyg‘otdi. Biroq, Gretsiyaga qarshi uchralgan mag‘lubiyat menga qattiq ta’sir qildi. Chunki, mag‘lub bo‘lishga umuman o‘rganmaganman.
Hullas, terma jamoadagi kelajagim o‘zimga bog‘liq emas. Bu borada taklif tushsa ham yaxshilab o‘ylab ko‘rishim kerak", - dedi Angliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifa va vakolatlarini vaqtincha bajaruvchi Li Karsli.
Fikrlar