Angliya terma jamoasining o‘yini ob-havo sabab qoldirildi

  • 11.06.2026 00:24
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya va Kosta-Rika milliy terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi noqulay ob-havo sharoiti sabab qoldirildi. Oʻyin boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Orlando shahrida ayni paytda kuchli yomgʻir yogʻmoqda.

Eslatib oʻtamiz, “Eksploriya” stadionidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanishi kerak edi. Hozircha oʻyinning qachon boshlanishi nomaʼlum.

Angliya terma jamoasi 2026 yildgi Jahon chempionatida “L” guruhidan oʻrin olgan. Tomas Tuxel shogirdlari guruh bosqichida Xorvatiya, Gana va Panama terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Kosta-Rika esa mundialning final bosqichiga yoʻllanma ola olmagan.

Maʼlumot uchun, turnir 11 iyun kuni Mexiko shahridagi “Atsteka” stadionida Meksika va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari oʻrtasidagi uchrashuv bilan start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!