Angliyada 6-yo‘qotish! Bu gal “Siti” yulduzi safdan chiqdi

  • 03.10.2026 11:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”ning chap qanot himoyachisi Niko O'Rayli Angliya terma jamoasining xalqaro tanaffusdagi oltinchi yo'qotishi bo'ldi.

21 yoshli O'Rayli o'tgan shanba kuni Millatlar ligasida Ispaniyaga qarshi uchrashuvni to'liq o'tkazgan, ammo seshanba kuni Chexiyaga qarshi safardagi bahsni kichik jarohati sabab o'tkazib yuborgan.

Sky Sports xabar berishicha, O'Raylining holatini bir necha kun kuzatganidan so'ng, Angliya terma jamoasi qolgan uchrashuvlarda Nikoni maydonga tushirish orqali tavakkal qilmaslikka qaror qilgan.

Shu tariqa, O'Rayli davolanish uchun “Manchester Siti” ixtiyoriga qaytdi. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel safdan chiqqan futbolchi o'rniga boshqa futbolchini qo'shimcha ravishda terma jamoaga chaqirmadi.

Qayd etish joiz, bunga qadar Angliya terma jamoasi Tino Livramento, Kobbi Maynu, Deklan Rays, Koul Palmer va Markus Reşford xizmatlaridan ham mahrum bo'lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!