Angliyada hujumchilar zoʻr boʻladi. “Bavariya” APL toʻpurarini olmoqchi

  • 21.08.2026 08:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bundesliga chempioni Myunxenning “Bavariya” klubi “Brentford” hujumchisi Igor Tyagoga qiziqish bildirdi va ehtimoliy transfer bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshladi.

Bu haqida insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, Germaniya klubi 25 yoshli braziliyalik hujumchini hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Muzokaralar dastlabki bosqichda, biroq tomonlar bitimning boshlang‘ich shartlarini muhokama qilishni boshlagan.

2025/2026 yilgi mavsumda Tyago “Brentford” safida Premier-ligada 38 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 ta gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi. U Angliya oliy divizionidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Hujumchining klub bilan shartnomasi 2031 yil iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!