Angliyada nimalarga qodirligimni ko‘rsatmoqchiman
Angliya Premier-ligasining yangi ishtirokchisi “Koventri” Turkiyaning “Fenerbahçe” klubi hujumchisi Sidiki Sherifni 20,5 million funt evaziga sotib olganini ma'lum qildi.
Sherif “Fenerbahçe”da atigi yarim mavsum o‘tkazdi. Turkiya klubi uni Fransiya chempionati vakili “Anje”dan majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olgan edi.
Kelib chiqishi gvineyalik bo‘lgan 19 yoshli fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda “Anje” va “Fenerbahçe” safidagi o‘yinlari bilan bir qator Yevropa klublarida katta taassurot qoldirdi. Biroq “Koventri” boshqalardan tezroq harakat qilib, futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi.
- Men “Koventri” futbolchisiga aylanganimdan juda xursandman va Premier-ligada o‘ynash imkoniyatidan mamnunman. Muxlislarga nimlarga qodir ekanimni ko‘rsatish va ushbu ajoyib stadionda o‘ynashni intiqilik bilan kutyapman, - dedi Sidiki Sherif.

Fikrlar