Angliyada zo‘r to‘purar paydo bo‘ldi

  • 6 mart, 2021, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
CHERY AUTO

Chempionshipda to‘purarlik qilayotgan “Brentford” hujumchisi Ivan Toni premer-liga jamoalari e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

Tecno

Ayni paytda “Arsenal”, “Vest Xem”va “Lids Yunayted” iste’dodli futbolchini yuqori ligaga olib o‘tmoqchi bo‘lyapti.

Ivan Toni joriy mavsumda 33 ta uchrashuvda 25 ta gol urdi va to‘qqizta golli pas oshirdi. Hujumchining gollari “Brentford”ning 63 ochko bilan ikkinchi o‘rinda borishini ta’minlamoqda.

“Brentford” yozgi transferlar vaqtida Ivan Toni bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirmoqda. To‘purarning hozirgi transfer summasi 35 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!