Angliyadagi himoyachi Mourin'oni hayratga soldi

  • 05.06.2026 16:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqin vaqt ichida Madridning “Real” klubi bosh murabbiyiga aylanishi kutilgan Joze Mourinyo o‘zining birinchi transfer ustuvorligini belgiladi.

Jurnalist Ramon Alvares de Mon ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis madridliklardan Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Rikkardo Kalafyorini sotib olishni so‘ragan.

Manbaga ko‘ra, Mourinyoni futbolchining universalligi hayratga solgan. Kalafyori ham markaziy himoyada, ham chap qanotda o‘ynay oladi.

O‘tgan mavsumda futbolchi “Arsenal” safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 55 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!