Angliyadagi texnikasi eng zo‘r futbolchi kim ekani ma’lum bo‘ldi

  • 19.12.2025 06:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”dagi og‘ir mavsumlardan keyin “Everton”ga o‘tishi bilan ishlari yurishib ketgan Jek Grilish Angliya Premer-ligasidagi texnikasi eng kuchli futbolchi kim ekanini aytdi.

Angliyalik futbolchi o‘zi bilan bir jamoada o‘ynayotgan Ilimana Ndiayening mahorati o‘ta kuchli ekanini ta’kidladi.

-   Ndiaye — Premer-ligadagi texnikasi eng zo‘r futbolchi. Agar sof mahorat haqida gapiradigan bo‘lsak, shubhasiz, shunday.

Masalan, “Arsenal”dagi Bukayo Saka ham juda yaxshi o‘yinchi, u dunyodagi eng zo‘r vingerlardan biri. Ammo uning texnikasi kuchli emas, - dedi Grilish Goal nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda senegallik Ndiaye barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!