Angliyalik sobiq futbolchi va ekspert Husanov haqida fikr bildirdi

  • 09.03.2026 08:45
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Angliya kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Siti" safarda "Nyukasl"ni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Mazkur uchrashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Himoyachining o‘yinidan keyin angliyalik ekspertlar u haqida ijobiy fikrlar bildirishni boshladi. Xususan, sobiq futbolchi Roy Kin o‘zbekistonlik o‘yinchini quyidagicha ta’rifladi.

"Husanov murabbiylar uchun orzu. Unda kibr yo‘q, kamera uchun o‘ynamaydi."

Ma’lumot uchun, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvni Chempionlar ligasi doirasida "Real Madrid"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!