Angliyaliklar Husanovdan hayratda! Abduqodirga ikkita yangi laqab berishdi
Angliya Premier-ligasining 25-turidan o‘rin olgan “Liverpul” va “Manchester Siti” uchrashuvining 60-daqiqasida Abduqodir Husanov bilan yuz bergan vaziyat hamon ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda.
Buyuk Britaniyaning eng nufuzli manbalaridan hisoblangan The Sun nashri Abduqodir Husanovning “Enfild”dagi o‘yiniya munosabat bildirdi.
Mashhur nashr uchrashuv tafsilotlari qalamga olingan sharhda O‘zbekiston milliy terma jamoasining 21 yoshli himoyachisi o‘yini alohida tarzda ta’kidlab o‘tdi.
Nashr so‘z o‘yinidan foydalanib, futbolchini “Khus control” (“Nazorat qiluvchi Husanov”) deb atadi va uning himoyadagi ishonchli, hamma jarayonlarni nazorat qiluvchi harakatlarini alohida qayd etdi.
Turning markaziy uchrashuvida Husanov o‘ynagan vaqtda “Liverpul”ning Muhammad Saloҳ, Kodi Gakpo, Ugo Ekitike kabi mashhur hujumkor futbolchilari “Manchester Siti” darvozasiga yo‘l topa olmadi.
O‘yining kulminatsion nuqtasi 60-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Kopi Gakponing darvozaga zarba berishiga yo‘l qo‘ymagan Husanov ikki futbolchi – raqib hujumchisi Gakpo va darvozabon Janluiji Donnarumma o‘rtasida qolib ketdi. Abduqodirning orqasiga niderlandiyalik forvard urilgan bo‘lsa, italyanlik posbonning tizzasi Husanovning yuziga tegdi.
Og‘ir zarbadan keyin tibbiyot xodimlari legionerimizga yordam ko‘rsatdi. Jarohatga qaramay, Husanov bosh murabbiy Xosep Gvardiolga uchrashuvni davom ettirishini bildirdi.
Biroq, o‘yinchi salomatligini birinchi o‘ringa qo‘ygan tibbiyot xodimlari Abduqodirning maydonga qaytishiga yo‘l qo‘ymadi.
Husanovning jamoaga yordam berishga bo‘lgan intilishi taniqli jurnalist Jeronimo Morgansni hayratga soldi. Bu mutaxassis Angliya Premier-ligasining 25-turi doirasidagi ushbu bahsni sharhlar ekan, o‘yin davomida jarohat olganiga qaramay, bahsni davom ettirishga intilgan 21 yoshli futbolchining harakatlarini alohida ta’kidladi.
- Husanov jarohat olgan edi, lekin baribir o‘yinni davom ettirishni xohladi. Jamoaga yordam berishni istadi. Abduqodir Husanov, sen men uchun jangchisan, birodar. O‘zbekistonning faxri. “Temir odam”, - deb yozdi Jeronimo Morgans.
Ayni paytda Husanovning salomatligi haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilgani yo‘q. Biroq bir necha manbalar o‘z insayderlariga tayanган holda himoyachining ahvoli yaxshi ekani va navbatdagi uchrashuvlarda qatnashini mumkinligi haqida xabarlar chiqarmoqda.
Fikrlar