
Anna Kalinskaya Nyu-Yorkda qoqildi
Nyu-York shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotgan "Premera" turkumiga kiruvchi musobaqada rossiyalik tennischi Anna Kalinskaya ilk davrada o‘z ishtirokini yakunladi.
Anna asosiy to‘r bahslarining birinchi bosqichida chexiyalik Mari Buzkovaga 1:6, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Western & Southern Open" turnirining ikkinchi davrasidagi yo‘l olgan Mari, endi hamyurti Petra Kvitova bilan kuch sinashadi.
Fikrlar