Anri: "Monako"ga ushbu g‘alaba juda zarur edi
"Monako" klubi bosh murabbiyi Terri Anri kecha Frantsiya chempionatining “Kan”ga (1:0) qarshi bahsida qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bu g‘alaba bizga va muxlislarimizga yordam beradi, men bundan baxtliman. Bu g‘alaba bizga juda ham zarur edi. Falkao o‘z goli bilan barcha javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladigan jamoa sardori ekanligini isbotladi. Bu g‘alaba bizni biroz tinchlantiradi. Lekin oldinda bizni ko‘plab sinovlar kutayotganini tushunib turibmiz”, - deydi Anri.
Ma’lumot uchun, “Monako” chempionatning o‘tgan 14ta turidan so‘ng 10 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar