Anri: "Vest Xem"ga qarshi o‘yin "Arsenal" uchun xavfli bo‘lishi mumkin"
"Manchester Siti" "Everton" bilan oʻyinda ochko yoʻqotganidan soʻng Tyerri Anri "Arsenal" taqdiri ham shunga oʻxshash boʻlishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Fransiyalik sobiq futbolchiga koʻra, "toʻpchilar"ni oldinda "Vest Xem"ga qarshi juda ogʻir bahs kutib turibdi. Ayni paytda "bolgʻachilar" ogʻir vaziyatda — ular umidsiz holatda, shuning uchun yanada xavfli raqibga aylanadi.
"Manchester Siti" ochko yoʻqotadi, deb oʻylamagan edim. Bu yerda hech qanday “balki” boʻlishi mumkin emas. Men "Arsenal" uchun xavotirdaman, chunki ularni "Vest Xem"ga qarshi oʻyin kutib turibdi", — dedi Anri BBC Sport’ga bergan izohida.
Eslatib oʻtamiz, "Vest Xem" va "Arsenal" oʻrtasidagi uchrashuv 10 may kuni boʻlib oʻtadi.

Fikrlar