Ansu Fatining "Barsa"ga qaytishi hali ham so‘roq ostida

  • 20.05.2026 15:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"La masiya" tarbiyalanuvchisi hamon o‘z kelajagi to‘g‘risida bir qarorga kelmagan. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha belgilangan. Fati Flik jamoasida o‘ziga hali ham o‘rni borligiga ishonadi, deb yozmoqda "Mundo Deportivo" nashri.

"Monako" futbolchini sotib olish shartni faollashtirgan bo‘lsa-da, "Barselona" 23 yoshli vingerning Liga 1 mavsumini gollar bilan yakunlagandan so‘ng aniq qarorga kelishini kutyapti. Fransuz klubi ijarа shartnomasidagi 11 million yevroga sotib olish bandni ishga tushirgan, ammo, hujumchining qarorini kutishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsum Ansu Liga 1 va Chempionlar Ligasida 30 ta o‘yinda maydonga tushib 12 golga mualliflik qildi.

 

 

 

Mirzaev Salohiddin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!