Antoni: "Bu men uchun aqlbovar qilmas holat"

  • 28 fevral, 18:02
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Antoni qizil kartochkaning bekor qilinishi va "Real Madrid"ga qarshi o‘ynash imkoniyati haqida gapirdi.

- Bu men uchun aql bovar qilmaydigan holat bo‘ldi, ayniqsa, "Real" bilan o‘yinning muhimligini hisobga olsak. Qolaversa, uyda va muxlislar qarshisida o‘ynaymiz.

Men juda baxtliman va o‘zimni o‘yinga tayyor his qilyapman, - dedi braziliyalik vinger.

Avvalroq, "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan braziliyalik vinger La Liganing 25-turidan o‘rin olgan "Xetafe"ga (2:1) qarshi o‘yinning 93-daqiqasida qo‘polligi uchun maydondan chetlatildi. 25 yoshli futbolchi diskvalifikatsiya tufayli "Real"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerak edi.

Biroq, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasining tartib-intizom qo‘mitasi "Betis" tomonidan bildirilgan e’tirozlarni qabul qilib, futbolchining diskvalifikatsiyasini bekor qildi. Klubning yuridik xizmati futbolchining chetlatilishi hakamning xatosi ekanligini isbotladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!