Anvar Anvarov “Brilliant liga”da bronza medaliga ega chiqdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Xitoyning Shanxay shahrida engil atletika olamining nufuzli musobaqasi – “Brilliant liga”ning yangi mavsumi boshlandi. Ahamiyatlisi, erkaklar oʻrtasida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan Anvar Anvarov sovrindorlar qatoridan joy oldi. Hamyurtimiz musobaqada 8.01 metr natija qayd etib, bronza medaliga ega chiqdi.

Brilliant liga, Xitoy
Uzunlikka sakrash, erkaklar:

Mattia Furlani (Italiya) – 8.43 metr
Bojidar Saraboyukov (Bolgariya) – 8.07
Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) – 8.01

Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!