Anvar Gʻofurov: "Balki ayrim xatolarga yo‘l qo‘yganman"
Superliganing 10-turidagi "So‘gdiyona" - "Surxon" o‘yini gollarga boy o‘tdi va unda mezbonlar 5:2 hisobida g‘alaba qo‘zondi. Uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalo, “Sug‘diyona” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘z o‘yinimizga to‘xtaladigan bo‘lsam, ayrim futbolchilar bahsga 100% tayyor emasdek tuyuldi va bu o‘yinda ham yaqqol sezildi. Shunga qaramay, mukammal darajaga chiqish uchun jamoa sifatida hali ko‘p ishlashimiz kerak.
Hozircha vaqt biroz ti‘g‘iz, taqvim zich. Biroq bu ham ijobiy jihatga ega — o‘yinlar ko‘pligi sabab rotatsiya bo‘lyapti va deyarli barcha futbolchilarga imkoniyat berilmoqda. Ammo bu imkoniyatdan kim qanday foydalanayotgani — bu alohida masala.
Bugun aniq aytish mumkinki, futbolchilar o‘yinga to‘liq kirishib keta olishmadi. Lekin bu futbol — har doim ham bir xil natija bo‘laver maydi, har doim ham g‘alaba qo‘zonib bo‘lmaydi. Qaysi jamoa bo‘lishidan qat’iy nazar, bu tabiiy holat, ba’zida yuksalish bo‘ladi, ba’zida pasayish. G‘alaba va mag‘lubiyat doimo yonma-yon yuradi.
Shaxsan o‘zim ham mas’uliyatni his qilaman — balki ayrim xatolarga yo‘l qo‘y gandirman. Eng muhimi, biz bir jamoa bo‘lib ishlashda davom etishimiz kerak. Ishonamanki, vaqt o‘tishi bilan jamoamiz yanada yaxshilanadi va ijobiy o‘zgarishlar bo‘ladi".

Fikrlar