Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Anxel di Mariya: "U faoliyatimdagi eng yomon murabbiy"

Izohlar: 0

Argentinalik futbolchi niderlandiyalik mutaxassisni eng yomon murabbiy deb atadi

Argentina milliy terma jamoasi va "Benfika" klubining hujumkor yarim himoyachisi Anxel di Mariya Portugaliyaning mahalliy nashrlaridan biriga kichik intervyu berdi. Suxbat davomida jurnalist futbolchi birga ishlagan uchta eng yaxshi murabbiylar haqida so‘rashdi. Lekin u aksincha qaror qilib, eng yomon murabbiyni tanladi.

“Lui van Gal eng yomoni. Men sizni ishontirib aytamanki, u bilan ishlash juda qiyin. Agar sizda bu borada biror-bir shubha bo‘lsa, men ularni yo‘qqa chiqarib bera olaman", - dedi di Mariya.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi niderlandiyalik murabbiy bilan 2014/2015 yilgi mavsumda bir yil "Manchester Yunayted"da birga ishlagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q