Anxel Lopes: "Metallurg"ga nisbatan ustunlikka ega bo‘ldik"

  • 16 mart, 2022, 23:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” – “Surxon” (0:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes ishtirok etdi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Tecno

 - Bugun biz maydonning har bir qarichi uchun ter to‘kdik. G‘alaba uchun ikki taym mobaynida bor kuchimiz bilan harakat qildik. Gol urishga urindik. Juda ko‘p standart vaziyatlarga, burchak to‘plariga ega bo‘ldik. Ammo maqsadimizga erisha olmadik. Vaziyatlardan foydalanishda oqsadik.

- Jamoada ikki teng kuchli darvozabon bor. Bugun Shohruh Eshbo‘taevga imkoniyat berilgani nima bilan bog‘liq?

-  To‘g‘ri ta’kidladingiz, bizda hozirda ikki nafar kuchli darvozabon bor. Ular o‘zaro jiddiy raqobat hosil qilishmoqda. Shoxruhning mashg‘ulotlardagi faolligini inobatga olib, bugun uni maydonga tushirishga qaror qildim. Ikki kuchli darvozabonga ega ekanligimizdan xursandmiz.

- Noqulay ob-havo va maydonning holati o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi, deb o‘ylaysizmi?

- Toshkentda deyarli har kuni yomg‘ir yog‘moqda. Ha, bunday ob-havoda mashg‘ulot o‘tkazish ham, rasmiy o‘yinda maydonga tushish ham og‘ir.

- Ispaniyalik hamkasbingiz, "Metallurg" ustozi Luisma Ernandesdan qanday ishlanmalarni kutgandingiz?

- Biz "Metallurg"ga qarshi jiddiy tayyorlandik, raqibning o‘yinlarini o‘rgandik. “Metallurg” "Nasaf"ga qarshi ajoyib o‘yin ko‘rsatgandi. Faollikni umuman susaytirmaslikka urindik. Biz oldingi bahslarda ham yaxshi o‘yin ko‘rsatgandik, ammo g‘alaba qozona olmagandik. Bugun ham biz mezbonlarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ldik, deb o‘ylayman.

- Bugun qo‘lga kiritilgan bir ochkodan qoniqmadingizmi?

- Bizda o‘nlab imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, natijadan biroz ko‘nglimiz to‘lmadi. Biz bundan-da ijobiy natijaga haqli edik. Ammo safarda qo‘lga kiritilgan ochkoni baribir muvaffaqiyat deb baholash mumkin.

“Metallurg” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!