
Anzur Ismoilov: "Bunyodkor" texnik va taktik jihatdan kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda
“Bunyodkor” – iqtidorli, ajoyib yoshlardan tashkil topgan jamoa. Ular shu yoshida Superligada yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgani menga juda ham yoqmoqda. Futbolchilar taktik va texnik tomondan kuchli o‘ynamoqda, to‘p oshirishlari ham tartibli. Shu bois bugun chiroyli o‘yin bo‘lishiga ishonaman.
Osiyo chempionlar ligasida ham o‘ynayapmiz. Bir nechta frontda kurash olib borayotganimiz uchun tiklanishga vaqt etmay qolyapti. Superligamiz anchagina kuchaygan. Barcha jamoalar himoyada ham, hujumda ham o‘ynashni biladi. Shu bois Superligada o‘yinlar qiyin o‘tmoqda. Oldinda hali bahslar juda ko‘p", - deb Ismoilovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.
Fikrlar