TIGGO 2 PRO

Angliya premer ligasining 17-turida "Liverpul" o‘z uyida "Uotford" klubini qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. "Chelsi" "Bornmut"ga qarshi bahslashdi va 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. "Lester" ham kutilmaganda "Norvich" bilan durang o‘ynadi. Shu qatorda, MYu va "Everton" o‘rtasidagi bahs ham 1:1 hisobida yakunlandi. Mourino qo‘l ostidagi "Tottenxem" esa safarda "Vulverxempton" klubini taslim etdi. Turning markaziy bellashuvida "Arsenal" "Manchester Siti"ga yirik, 0:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Yana bir qator qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu turdan olingan suratlar orqali fotomaqola tayyorladik.

c5071e90-cca3-4a87-881c-cfb631f6b44e

"Uotford" himoyachisi vaziyatdan qattiq afsusda, ammo kech...

maxresdefault_49

"Barselona" muxlislari Ronalduni, "Real" muxlislari esa Messini hush ko‘rishmaydi. Ammo "Manchester Siti", "Chelsi", "Arsenal", "Tottenxem" va hattoki MYuning muxlislari ham Salohga xavas qilishadi.

a918ac3c3ffda7c16347196f627dd50995f87eb5

Aynan Salohning gollari "Uotford"ning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.

201912141055393045616

O‘tgan mavsumni chempionshipda o‘tkazgan va o‘zaro printsipial raqibga aylanib ulgurgan "Sheffild" va "Aston Villa" jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi.

sheffield-united-v-aston-villa-premier-league-2-scaled

Xokkey haqiqiy erkaklar o‘yini, urush-janjallarga ham ruxsat bor deyishadi. MMA, Xokkey, Boks... Baribir futbolning shiddati o‘zgacha ekanligini chinakam muxlislargina tushunadi.

Sheffield-United-2-Aston-Villa-0-Fleck-double-sinks-Villa

Mavzuga qaytamiz! Shu kuni, Flekning dubli "Sheffild Yunayted"ga muhim g‘alabani taqdim etdi.

2019-12-14T163629Z_170244607_RC24VD9292OS_RTRMADP_3_SOCCER-ENGLAND-LEI-NOR-REPORT-1024x726

Bilasizmi!? Finlyandiyalik Pukki o‘tgan mavsum chempionshipda ko‘plab gollar urdi. Joriy mavsum APLda ham porlamoqda! Hattoki APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan vaqti ham bo‘ldi.

ANP141219073-1

Tinib-tinchimas Vardi o‘zini ham, darvozabonni ham ayab o‘tirmayapti. Darvoza to‘sinini ham...

leicester-city-1-1-norwich-city-12719145_amp

Top jamoalardan takliflar bisyor bo‘lishiga qaramay, "Lester"ni tark etishni istamagan Vardining ko‘zlariga e’tibor bering!

p07xxmtz

Brendan Rojers Klaudio Ranerining natijasini qaytarishi uchun faqatgina "Liverpul" halaqit qilmoqda!

2019121449022651

Ushbu turda "Chelsi" "Bornmut"ni qabul qildi.

gettyimages-1193914641-2048x2048

Londonliklar qancha urinishmasin, darvozani ishg‘ol eta olishmadi.

ChelseaBournemouth141219-10

Uchrashuvning 84-daqiqasida esa, alamli golni o‘tkazib yuborishdi. Ha, "Sen urmasang, senga urishadi."

franklampard141219a

Lempard ham chorasiz qoldi...

gettyimages-1188788781-2048x2048

Yangi Zelandiya terma jamoasi yulduzi Kris Vudni bilasizmi?

Screen-Shot-2019-12-14-at-17.14.31-752x440

Aynan Vud tomonidan kiritilgan yagona gol, "Byornli"ga "Nyukasl" ustidan g‘alaba keltirdi.

0_Burnley-FC-v-Newcastle-United-Premier-League-777x437

Havotirga o‘rin yo‘q! Dubravka soppa-sog‘.

gettyimages-1193939211-2048x2048

Avvaliga, Pellegrini havotirda edi.

gettyimages-1194048077-2048x2048

"Sautgempton" futbolchisi tayyorlanib, mo‘ljallab...

gettyimages-1193957259-2048x2048

Zarbaaaa va ...

gettyimages-1193958744-2048x2048

Yo‘q! Gol emas.

gettyimages-1193960639-2048x2048

"Vest Xem" futbolchisi kulib: Shunday zarba ham beradimi?

2019-12-14T192731Z_1656608496_RC27VD9SS2BQ_RTRMADP_3_SOCCER-ENGLAND-SOU-WHU-REPORT

Yakunda, kichik hisobdagi g‘alaba Pellegrinini quvontirdi.

gettyimages-1189006387-2048x2048

Ochko...

gettyimages-1194181317-2048x2048

Bunday ochkoni Son ham ishlay oladi.

wolverhampton-wanderers-v-tottenham-hotspur-premier-league

Mourino qaysi klubni boshqarmasin, doimo o‘z xarakterini jamoaga yuqtira oladi.

gettyimages-1194158894-2048x2048

Sonni kim quchoqlab olgan? Javobingizni "koment"da qoldiring! To‘g‘ri javobni oxirida kiritamiz!

gettyimages-1194093971-2048x2048

APLda bayram boshlanib bo‘ldi.

1188809757.jpg.10

Kalvert-Lyuin De Xeaning elkasiga qo‘lini qo‘ygan vaziyatda, VAR o‘yin qoidasi buzilmadi, deb topti va golni inobatga oldi.

2019-12-15T144044Z_1819011310_RC2QVD9OPX2Z_RTRMADP_3_SOCCER-ENGLAND-MUN-EVE-REPORT-1024x759

Vaziyatni yaqinroqdan ko‘rishingiz mumkin. Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar guruhi, VAR orqali ko‘rib ham xato qilishi birinchi marotaba emas.

22269788-7794583-image-a-9_1576420975155_1

Kalvert-Lyuinning ushbu zarbasidan so‘ng, to‘p Lindelyofga tegib, darvozaga kirib ketdi va avtogolga aylandi.

0_Manchester-United-v-Everton-FC-Premier-League-777x437

Izoh o‘zingizdan...

manchester-united-everton-151219t

Qiziqarli kechgan uchrashuv durang bilan yakunlandi.

d5c518eab97f081c90d9599469444938

Turning markaziy uchrashuvida de Bryuyne "avji"ga chiqdi!

gettyimages-1194168178-2048x2048

So‘nggi vaqtlarda "Arsenal"ni umuman tanib bo‘lmay qoldi.

gettyimages-1188835805-2048x2048

Genduzi futbol qo‘l bilan o‘ynalmasligini yodidan chiqarib qo‘ygan shekilli...

gettyimages-1194144138-2048x2048

Bo‘rtirma qilib aytganda, shu kuni de Bryuyne "Arsenal" futbolchilarini "emaklatib" tashladi.

gettyimages-1194116697-2048x2048

Bellashuv davomida Gvardiola ortiqcha qiynalib o‘tirmadi va juda hotirjamlikka berildi.

1194336108

Qiziq, bular bir-biriga teskari turib olib, o‘zi nima qilishyapti?

gettyimages-1129363776-2048x2048

"Super" surat...

gettyimages-1129363693-2048x2048

Top jamoalar orzu qilayotgan forvard, APLning eng kuchli hujumchilaridan biri Uilfred Zaa.

wilfried-zaha-cropped_lmnhhanwth3a1vyrtifz631vu

Aynan ushbu yulduzning goli "Kristal Pelas"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!