APL. 20-turda olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqola!

  • 30 yanvar, 2021, 11:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasi mavsumning qoq o‘rtasiga etib keldi. Ikkinchi davraning boshlanishi, 20-tur o‘yinlari qiziqarli uchrashuvlar bilan birga, ba’zi sensatsiyalar bilan ham yodda qoldi. Peshqadam MYuning eng so‘nggi pog‘onadagi "Sheffild"ga mag‘lub bo‘lishi, kuchli oltilikni izma-iz ta’qib qilib kelayotgan "Aston Villa" bu mavsum o‘ziga o‘xshamayotgan "Byornli"ga engildi. Shuningdek, markaziy uchrashuvda "Liverpul" "Tottenxem" maydonidan ishonchli g‘alaba bilan ortga qaytdi. Biz ham o‘z odatimizga muvofiq, APL 20-turida olingan eng sara suratlar orqali ishlangan fotomaqolani e’tibringizga havola qilamiz.

Tecno

new3

O‘rganib qolganimizdek, ishni dezinfektsiya qilishdan boshlaymiz.

new1

Quyi o‘nlikda borayotgan jamoalar uchrashuvi haqiqiy kurashga aylanib ketdi.

new2

Darvozabonning bu to‘qnashuvdan keyingi holati havas qilgulik emas.

cry1

Ikkinchi qavatdagi to‘p uchun kurash avjida. Kuchli yomg‘ir o‘yin haroratini pasaytira olmadi.

cry2

Bu shunchaki futbol va fotografning mahorati.

cry3

Uilfred Zaaning ajoyib soch turmagi.

ars1

Ektor Belerin juda qulay moslashdi. Balki o‘yin biroz to‘xtab turgani ma’quldir!

ars2

Sedrik Soaresh amalga oshirgan ish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

bri2

Belerin o‘rnida bu safar "Fulxem" a’zosi.

bri1

Areoladan ajoyib seyv.

city2

"Vest Bromvich" futbolchilari Raxim Sterlingni qanday to‘xtatishni muhokama qilmoqda, chog‘i.

ciity1

Sterling esa, ularni dog‘da qoldirishni uddaladi.

city3

Jamoaviy o‘yin, jamoaviy gol nishonlash.

chel1

Kay Xavertsning parvozi!

chel3

Tuxelning debyuti nursiz durang bilan yakunlandi. Tomas shogirdlari ko‘plab gollar urishiga o‘rganib qolgan.

chel2

"Endi pushaymondan zarra foyda yo‘q!"

ast1

"Byornli" - "Aston Villa" uchrashuvi ham kurashlarga boy bo‘ldi. Muhimi, to‘pni raqibga berib qo‘ymaslik.

ast2

Grilish jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi.

mu1

Brunu Fernandeshning Kay Xavertsnikidan qolishmaydigan parvozi!

mu2

Kavani yaqindagina diskvlifikatsiyadan qaytgandi. Bu ketishda Edinsondan yana biroz muddat maydonga tusha olmasligi mumkin.

mu3

Ser Aleks Fergyusonni stadionda ko‘rish juda yoqimli. Ammo u kelgan o‘yinlarda "qizil iblislar" mag‘lubiyatga uchrashi...

eve1

Tom Devisning zarbasini chiroyli rakursdan tomosha qiling.

eve2

Qanaqasiga kurashsang ham, to‘pni olib qo‘ysang bo‘ldi!

eve3

"Bepoyon bo‘shliq sari olg‘a!"

eve4

O‘yindan keyin "Everton" murabbiyi Anchelotti:"Birinchi marta Xamesning o‘ng oyoqda gol urganini ko‘rdim",-dedi. 

tot1

Markaziy uchrashuv hamda chiroyli surat!

tot2

O‘z maqomiga mos tarzda, uchrashuv keskin kurashlarga boy o‘tdi. Aynan ushbu vaziyat Keynning jarohatiga sabab bo‘ldi.

tot5

O‘sha kuni mersisaydliklar Xarrini ayab o‘tirmadi.

tot4

"Jang"dan "qizillar" ham talofatsiz chiqmadi.

tot6

To‘pga intilayotgan Mane va uni kuzatayotgan Ore.

tot3

Ustoz-shogird uchrashuvi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!