Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

APL. 8-turning ilk to‘qnashuvida "Chelsi" "Nottingem Forest"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi

Angliya Premer-ligasining 8-turidan o‘rin olgan "Nottingem Forest" - "Chelsi" jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Entso Mareska shogirdlari ushbu bellashuvga ko‘plab yo‘qotishlar bilan etib kelgan bo‘lsa-da, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 
 
Uchrashuvning 49-daqiqasida Josh Achempong bosh bilan zarba yo‘llab hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib esa Pedro Netu jarima zarbasidan chiroyli gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shuningdek, 84-daqiqada Ris Jeyms ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan holda, o‘yinga nuqta qo‘ydi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "aristokratlar" ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolar sonini 14 taga etkazib olib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Nottingem Forest" esa 5 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q