APL. "Arsenal" safarda g‘alaba qozonib, ta’qibchilaridan uzoqlashib oldi

  • 13 noyabr, 2022, 02:39
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer ligasi 15-turi doirasidagi "Vulverxemton" - "Arsenal" uchrashuvi yakunlandi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda londonliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

"To‘pchilar"ning har ikki goliga ham Martin Edegor mualliflik qildi. Norvegiyalik futbolchi o‘yinning 55 va 75-daqiqalarida gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, Mikel Arteta shogirdlari 15-turdan keyin bitta kam o‘yin o‘tkazgan holda 37 ochko bilan turnir jadvalida etakchilik qilmoqda. "Vulverxemton" esa 10 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!