APL. Autsayderlar bahsida "Fulxem" "Vest Bromvich" ustidan g‘alaba qozondi
Hozirgina Angliya premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan “Fulxem” hamda “Vest Bromvich” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Autsayderlar o‘rtasida kechgan o‘yin 2:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarni Bobbi Rid (26') va Ola Ayna (30') kiritdi.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Fulxem” 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi, “Vest Bromvich” esa 18-o‘ringa tushib ketdi.
Fikrlar