
APL. Avtogol "Liverpul"ga "Tottenxem" ustidan g‘alaba olib keldi
Liverpul shahridagi "Enfild" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Dastavval 16-daqiqada Endryu Robertsonning uzatmasidan so‘ng Roberto Firmino bosh bilan raqib darvozasini aniq nishonga olib, hisobni ochdi.
Ammo ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida mehmonlar Lukas Mouraninn aniq zarbasi evaziga muvozanatni tiklashga erishdi. Hal qiluvchi gol esa 90-daqiqada kiritildi. Ugo Loris Salohning zarbasini qaytardi, ammo qaytgan to‘p Tobi Alderveyreldga tegib darvoza to‘ridan joy oldi.
Bugungi muvaffaqiyat natijasida "qizillar" hisobidagi ochkolar soni 79 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 61 ochkosi bor "shporlar" esa 3-pog‘onada qoldi.
Fikrlar