APL. Azar "Chelsi"ni mag‘lubiyatdan qutqardi
Londondagi "Stemford Brij" stadionida kechgan uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1. 56-daqiqada Raul Ximenes hisobni ochdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada esa Eden Azar o‘zining aniq zarbasi bilan "aristokratlar"ni muqarrar mag‘lubiyatdan saqlab qoldi.
Shu tariqa "Chelsi" hisobidagi ochkolar soni 57 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 6-o‘rinda qoldi. "Bo‘rilar" 44 ochko bilan 7-pog‘onada borishmoqda.

Fikrlar