APL bir qarorga keldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasi chempionat uchrashuvlari davom ettirilishi uchun bir qator qoidalarni joriy etdi.

Angliya Premer-ligasi direktori Richard Garlik tomonidan tuzilgan hujjatga ko‘ra, mavsum boshlanishidan oldin klublar mashg‘ulotlarda quyidagi shartlarni bajarishlari kerak bo‘ladi:

- futbol anjomlaridan tortib darvoza ustunlarigacha bo‘lgan barcha jihozlar foydalanishdan oldin va keyin zararsizlantirilishi kerak;

- futbolchilarga niqob kiyish tavsiya etiladi;

- futbolchilarga avtoulovlarni bir-biridan uchta to‘xtash joyi oralig‘ida qoldirish tavsiya etiladi;

- O‘yinchilar va xodimlarning mashg‘ulotlarga tupurishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

- O‘yinchilarga tayyorgarlik ko‘rish uchun 15 daqiqa, 5 kishidan iborat guruhda mashq qilish uchun 75 daqiqa va tiklanish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.

Mashg‘ulotlarni boshlashdan 48 soat oldin futbolchilar va klub xodimlaridan koronavirus testini o‘tkazish talab qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!