APL. "Brayton" o‘z uyida "Liverpul"ni taslim qildi

  • 20.05.2025 02:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APLning 37-turidan o‘rin olgan "Brayton" va "Liverpul" o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Mazkur o‘yinda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, uchrashuvning 9-daqiqasida mehmonlar vakili Elliot hisobni ochishga muaffaq bo‘ldi. Ammo javob goli ko‘p kuttirmadi. 32-daqiqada Ayari gol urib hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada Sobozlai raqib darvozasini ishg‘ol qildi va "qizillar" tanaffusga g‘olib tarzda chiqib ketdi. Ikkinchi taymning o‘rtalariga kelib,  yaponiyalik Mitoma darvozabon Alissonni ojiz qoldirib, o‘yinda muvozanatni tikladi. Bellashuv yakunlanishiga bir necha daqiqalar qolganda esa Hinshelvud jamoasiga 3 ochko keltirgan golni urdi.

Ushbu muaffaqiyatdan so‘ng  Fabian Hurzeler shogirtlarining to‘plagan ochkolar soni 58 taga etdi va ular turnir jadvalini 8-o‘rinida bormoqda. "Mersisaydliklar" esa muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirgan.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum
78.png

Brayton

  • Yasin Ayari 32'
  • Kaoru Mitoma 69'
  • Jack Hinshelwood 85'
Tugadi
3 : 2

20.05.2025 00:00

8.png

Liverpul

  • Harvey Elliott 9'
  • Dominik Szoboszlai 45'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!