APL bunga majbur bo‘lmoqda
Angliya premer-ligasi klublari koronavirus tufayli futbolchilar maoshini kamaytirmoqchi. Katta ehtimol bilan APLda to‘p suruvchi futbolchilar 50% maoshlaridan ayrilishadi.
Klublar o‘yinlardan daromad olmayotganliklari sabab shunday qarorga kelishga majbur bo‘lishgan. Aytish kerakki, premer-liga o‘yinlari koronavirus sabab to‘xtatib qo‘yilgan edi. Hozircha chempionatning tez orada boshlanishi taxmin qilinmayapti.
"Muhimi, futbolchilar nega biz bunday qarorga kelayotganimizni tushunishlari kerak. Ular elkama-elka turib bizga yordam berishlari kerak. Futbolchilar muammo echimining bir qismiga aylanishlari lozim", - deydi APL rahbarlaridan biri.
3 aprel kuni APL mavsumni qachon davom ettirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqchi.

Fikrlar