Asosiy mazmunga oʻtish

APL. "Chelsi" dahshatli kambek amalga oshirib, muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Gollarga boy kechgan bahs yakunlandi

Angliya Premier-ligasining 24-turidan o‘rin olgan navbatdagi to‘qnashuv o‘z nihoyasiga yetdi. 
 
Liam Rosenyor boshqaruvidagi "Chelsi" o‘z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilib, 3:2 hisobida taslim etdi. 
 
Birinchi bo‘limning 7-daqiqasida Jarrod Bouen, 36-daqiqasida esa Krisensio Sammervill gollar urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan edi. Ikkinchi bo‘limda "aristokratlar" dahshatli kambek amalga oshirishdi. Dastlab, 57-daqiqada Joao Pedro farqni qisqartirdi, 70-daqiqada esa Mark Kukurelya boshi bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi. 90+2-daqiqaga kelib, argentinalik yarim himoyachi va Jahon chempioni Enzo Fernandez jamoasiga g‘alabani taqdim etdi (3:2).

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q